DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI | |||
Ishning nomi | Bajariladigan ish mazmuni | Metod. | Vaqt. |
I. Bosqich. Tashkiliy qism | I.O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.Siyosiy daqiqa o’tkaziladi. | “ Tez javob” didaktik o’yini. | 2 daqiqa. |
| Dars shiori tanlanadi. Dars davomida o’quvchilar rioya qilishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. | Suhbat . | 2 daqiqa. |
II. Bosqich. O’tilgan darsni mustahkamlash.
III. Bosqich. Yangi mavzu bayoni. | II.O’tilgan dars:Sharofat Ashurovaning “Bahor “ hikoyasini mustahkamlash. 1. Hikoya mazmuni og’zaki zanjir usulida yoddan so’raladi. 2. Bahor fasli xususiyatlari klaster usulida yozdiriladi. 3. Bahor haqida chizilgan rasmlar ko’rsatiladi III. Yangi mavzu nomini “Boshqotirma” orqali topiladi. Mavzu: “Ona allasi”.(Rivoyat).Mavzu “Ertaklar mamlakatiga sayohat”usulida tusintiriladi.(Solg’om ertagi asosida). 1. Rivoyat haqida malumot beriladi. 2. Rivoyat o’qib berilib mazmuni tushintiriladi. 3. Lug’at ishi . 4. Dam olish daqiqasi. | Savol-javob.
Og’zaki bayon.
Muammoli-izlanishli. Didaktik o’yin.
Og’zaki bayon.
Tushuntirish.
Og’zaki bayon.
Izlanish Musiqa tinglash. | 2 daqiqa.
3 daqiqa.
3 daqiqa.
3 daqiqa.
3 daqiqa.
3 daqiqa.
4 daqiqa.
2 daqiqa. 3 daqiqa. |
IV. Bosqich. Mustahkamlash. | IV. Mustahkamlash uchun darslikdagi savollarga javob topiladi.
1. O’quvchilar hikoyani zanjir usulida o’qiydilar. 2.”Ona allasi” mavzusi sahnalashtiriladi. 3. ”Alla”qo’shig’i zanjir usulida aytiladi. | Munozara.
Izlanish.
Rolli o’yin.
Izlanish. | 3 daqiqa.
3 daqiqa.
3 daqiqa.
3 daqiqa. |
V. Bosqich. Dars yakuni va baholash. | O’quvchilarning darsdagi ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi. Dars yakunlanadi. | Baholash | 2 daqiqa. |
VI. Bosqich. Uyga vazifa berish. | Mavzuni o’qib o’rganib kelish. | Tushuntirish | 1 daqiqa. |
Dars: O’qish.
Mavzu: Ona allasi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarni rivoyat mazmuni bilan tanishtirish orqali ifodali , ongli o’qish ko’nikmalarini o’stirish. FK-1 Adabiy nutqiy kompetensiya.
Tarbiyaviy: Mavzu orqali ahloqiy bilimlarni shakllantirish. Hamjihatlikda ishlash, do’stlik, o’zaro hurmat hislarini tarbiyalash. TK-5 Milliy va umumbashariy kompetensiya.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish, lug’at ustida ishlash malakalarini shakllantirish. TK-3 O’z-o’zini rivojlantiruvchi kompetensiya.
Dars turi:Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Dars metodi: Og’zaki bayon, hikoya, tushuntirish.Ko’rgazmalilik:illyustrativ,tabiiy ko’rgazmaiar.
Dars jihozi: Slaydlar, boshqotirma, test savollari,”Beshik”,mavzuga doir ko’rgazmlar,rag’bat kartochkalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism .O’quvchilar bilan she’riy usulda salomlashiladi.
O’qituvchi:
Salom aziz bolalar ,
Mehribon gul lolalar.
O’quvchilar:
Salom aziz o’qituvchim,
Bilimdagi baxt qushim.
O’qish darsi ekanligi she’r orqali ifodalanadi.
O’qituvchi :
Tutuq belgisi kelsa,
To’xtalamiz bir lahza.
Ifodali o’qishni,
Talab qilar har darsda.
Qani aytingchi bu fan,
Nima deb atalarkan?
O’quvchilar ”o’qish” deb javob beradilar.O’qish darsi ochiq deb e’lon qilinadi. O’quvchilarni noan’anaviy tarzda guruhlarga bo’linadi.
1-guruh: ”Bilimdonlar ”.
2-guruh: ”Zukkolar”.
3-guruh: ”Donolar”.
Guruhlar tanlagan shiorlarini aytadilar.
Guruhlar nomlab olingach davomat aniqlanadi.
Navbatchi axboroti tinglanadi.
Dars musobaqa usulida boshlanadi.
O’qish darsligi muallifi so’raladi.
Sana e’lon qilinadi.
1. O’quvchilar bugun sana nechchi?
2. 5 soni juft sonmi, yoki toq sonmi?
3. Haftaning qaysi kuni?
4. Payshanba so’zi necha bo’g’indan iborat? Kabi savollar bilan murojaat qilinadi.
Bahor fasli haqida qisqacha suhbat o’tkaziladi. Aplikatsiya usulidan foydalanib doskada bahor manzarasi tasvirlanadi.O’quvchlar quyosh,maysa, gul, kapalak tasviri orqasiga yozilgan savollarga javob beradilar.
1. Bahor fasli qaysi oydan boshlanadi?.
2. Qaysi oylar bahor fasliga kiradi?.
3. Bahor elchisi qaysi qush?.
4. Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi?.
O’quvchilar javob berishgach tasvirlar doskaga yopishtiriladi. Doskada bahor manzarasi hosil bo’ladi.
Slayd namoyish qilinadi. Siyosiy savollar bilan o’quvchilarga murojaat qilinadi.
1. Nechta tashabbus ishlab chiqildi ?.
2. Birinchi tashabbus nima haqida?.
3. Sport haqida nechanchi tashabbusda to’xtalib o’tilgan?
4. Uchinchi tashabbus nima haqida?.
6. Kitobxonlikka nechanchi tashabbusda to’xtalib o’tilgan?.
7. Beshinchi tashabbus nima haqida?.
DTS bo’yicha savollar beriladi.
O’qish darsida qanday bilim, malaka, ko’nikmalarga ega bo’lishimiz kerak?.
Bir daqiqada nechta so’zni o’qiy olishimiz kerak?.
So’zlarni qanday o’qish talab qilinadi?.
Savollarga javob bergan guruhlar baholab boriladi.
II. Otilgan mavzuni mustahkamlash.
Mavzu: “Bahor”.Sharofat Ashurova.
O’tilgan mavzu topshiriq orqali mustahkamlanadi. Guruhlar bilan ishlanadi. ”Bilimdonlar”-guruhi “Bahor” hikoyasi mazmunini zanjir usulida navbat bilan aytadilar. “Zukkolar”- guruhi bahor fasli xususiyatlarini “Tarmoqlar” usulidan foydalanib doskada yozadilar.
“Donolar”-guruhi bahor tasvirlangan chizgan rasmlarini izohlaydilar.
Guruhlar ishtiroklariga qarab baholanadilar. Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
Ingliz tilida qo’shiq tinglanadi. Dars ingliz tiliga bog’lanadi.Guruhlardan o’quvchilar chiqib ”Bahor” ,”Gul”, “Daraxt”,so’zlarini ingliz tilida nomini yozadilar.
O’quvchilar bilan kompetensiya usullariga alohida to’xtalib o’tiladi. Quyidagicha savollar beriladi:
1. Kompetensiya so’zining ma’nosi nima?.
2. Tayanch kompetensiyalar nechta?.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu ”Boshqotirma” asosida topiladi. O’quvchilar yashirilgan harflarni topib yangi mavzu nomini bilib oladilar.
MAVZU:“Ona allasi”.(Rivoyat). O’quvchilar yangi mavzuni daftarlariga yozadilar. Yangi mavzu “Ertaklar mamlakatiga sayohat“ usulida o’tiladi.Yani “Sholg’om” ertagi asosida tashkil qilinadi.
Bir bor ekan bir yo’q ekan. Bir chol bobo bo’lgan ekan. Bir kuni u sholg’om ekibdi. Uni mexr bilan parvarish qilibdi. Sholg’om chunonan katta bo’libdiki uni tortishga kuchi yetmabdi. Sunda u kampirini yordamga chaqiribdi. Kampir yordam bermoqchi bo’lgan ekan yo’lidan to’siq chiqibdi. To’siqda “Ona allasi” rivoyatini bilasizmi? - deb yozilgan ekan. Kampir men qarib qolgan bo’lsam qayerdan bilaman debdi.O’quvchilar kampirga yordam beramizmi?- deb o’quvchilarga murajat qilinadi.
Rivoyat haqida ma’lumot beriladi. Rivoyatlar xalq og’zaki ilodiyotiga mansub bo’lib,xalqning ichki kechinmalari, istaklari, ezgu maqsadlari asosida yuzaga keladi. Rivoyatlar og’izdan- og’izga o’tib bizgacha yetib kelgan. Bugun biz siz bilan ” Ona allasi” rivoyatini o’tamiz. ”Ona allasi” rivoyati multimedia orqali taqdim qilinadi.Song ifodali o’qib berib mazmuni tushintiriladi.
“Ona allasi”.(Rivoyat).
Qadimda bir podshoh bo’lgan ekan.U bir kuni barcha qo’shiqchilarni chaqiribdi.Ularga navbatma-navbat kuylashni buyuribdi.Lekin birorta qo’shiq ma’qul kelmabdi.Axiyri bir onaxonni keltiribdilar.U alla aytishni boshlabdi.
Podshoh qo’shiqni eshitib, yum-yum yig’labdi.Bu kuy unga onasini,beg’ubor bolaligini eslatibdi.Suningdek,bu allada xalqning orzu-armonlari ham bayon etilgan ekan:
Senga qo’ydim yaxshi ot alla,
Yaxsh niyatdir murod, alla,
Yurtu elga suyansang ,alla,
Senga bo’lg’usi qanot, alla.
Rivoyatdagi notanish so’zlar ustida ustida lug’at ish o’tkaziladi .
Axiyri-oxiri.
O’quvchilar lug’at ishini daftarlariga yozadilar. Manitor orqali Habiba Ohunovaning “Alla” qo’shig’i qo’yib eshittiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
,,Ona allasi” rivoyati o’quvchilarga zanjir usulida o’qitiladi.
Yana ertakka murojat qilinadi. Chol va kampir sholg’omni tortisholmabdi. Ular nabiralarini yordamga chaqirishibdi.
Nabirani yo’lidan ham to’siq chiqibdi. Unda savollar berilgan ekan . 1-Guruh nabiraga savollarga javob topishda yordam beradilar.
1.”Bilimdonlar”- guruhi quyidagi savollarga javob beradilar.
1.Podshoh nima qilishni buyuribdi?.
2. Onaxonning qo’shig’idan podshoh nega yig’labdi?.
3. “Alla” qanday qo’shiq?.
Ertakka murojaat qilinadi.Chol, kampir, nabira sholg’omni tortolmabdilar. Ular kuchukchani yordamga chaqiribdilar.
2-guruh kuchukchani to’siqdan o’tishiga yordamlashadilar.
2. “Zukkolar”-guruhi rivoyatni obrazlar orqali sahnalashtiradilar.
Ertakka murojaat qilinadi. 3-guruh mushukni tosiqdan o’tishiga yordam beradilar.
To’siqda ” Rivoyatni so’zlab bering”- deb yozilgan ekan.
“Donolar”-guruhi “Ona allasi” rivoyati mazmunini “Zanjir”usulida so’zlaydilar. Ertak so’ngida sichqonchani to’siqdan o’tishiga yordam beriladi. Tosiqda g’olib guruhni topish topshirilgan ekan. O’quvchilar rag’batlarni sanab “O’z –o’zini baholash” usulidan foydalangan holda to’plagan rag’batlarini sanaydilar, g’olib guruhni aniqlaydilar. Ertakka yakun yasaladi. Shuning uchun aytiladida “Kuch-birlikda”-deb. Ertak qahramonlarimiz bizning yordamimiz bilan barcha to’siqlarni yengib o’tishdi va sholg’omni tortib olishdi.
V. Darsni yakunlash.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. G’olib guruh aniqlanadi. To’plagan ballar ”Bilimdonlar makoni”ga joylashtiriladi.
G’olib guruh taqdirlanadi.
VI. Uyga vazifa: ,,Ona allasi’’ rivoyatini o’qib mazmunini so’zlab berish. Savollarga javob berish.