“Boshlang’ich sinflarda interaktiv o’qitish metodlari va o’quvchilar bilimini rivojlantirishdagi ahamiyati”

“Boshlang’ich sinflarda interaktiv o’qitish metodlari va o’quvchilar bilimini rivojlantirishdagi ahamiyati”

Содержимое разработки

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI


Himoyaga ruxsat etaman”

Markaz direktori: ________ A.Safarov

_____ ____________ 2020-yil


Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo’nalishi

Amonova Madina Avazovna


Boshlang’ich sinflarda interaktiv o’qitish metodlari va o’quvchilar bilimini rivojlantirishdagi ahamiyati” mavzusidagi


MALAKA ISHI



Kafedra mudiri:

Ilmiy rahbar:





Buxoro – 2020 yil


Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Malaka oshirish kursi tinglovchisi: Amonova Madina Avazovna Mavzu: Boshlang’ich sinflarda interaktiv o’qitish metodlari va o’quvchilar bilimini rivojlantirishdagi ahamiyati.

T A Q R I Z

Taqriz uchun tinglovchi malaka ishini 32 betda topshirdi.

Malaka ishiga rahbar (taqrizchi) tomonidan qo‘yilgan ballar:

T.r.

Baholash mezonlari

Maksimal

ball

Qo‘yilgan

ballar

1.

Tayyorlanish sifati va belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, mustaqil bajarilganligi va ijodiy yondashilganligi

3


2.

Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyatining ochib berilishi, maqsad va natijalarning mosligi

6


3.

Meyoriy hujjatlar, ilg‘or talim texnologiyalari, metodik yondashuvlar va axborot texnologiyalaridan foydalanganligi

6


4.

Xulosa va tavsiyalarning asoslanganligi

3


5.

Mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlarning to‘g‘ri tanlanganligi

2



Jami ball

20


Taqrizchining (ijobiy yoki salbiy) fikri:

________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Taqrizchining xulosasi:

Tinglovchi Amonova Madina Avazovna malaka ishi ____ ball bilan baholanganini hisobga olib, malaka ishi yakuniy attestatsiya komissiyasida himoyaga tavsiya qilinadi (tavsiya qilinmaydi).

Rahbar (taqrizchi): ______________

_____”___________ 2020 y

Annotatsiya


Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini taminlaydi. Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari darslarini o’quvchilar ongiga singdirishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo`llagan holda darslarni noan’anaviy tashkil qilish bugungi kun davr talablaridan biridir.

Men mazkur malaka ishimda boshlang’ich sinflarda interaktiv o’qitish metodlari va o’quvchilar bilimini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berishga harakat qildim. Xulosa va tavsiyalar asoslangan. Malaka ishida foydalanilgan adabiyotlar to'g'ri tanlangan. Ilovalar havola etilgan. O’qituvchi ish tajribasi asosida ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalaridan foydalanib taqdimot tayyorlangan.









Mavzu: Boshlang’ich sinflarda interaktiv o’qitish metodlari va o’quvchilar bilimini rivojlantirishdagi ahamiyati

Reja:

Kirish.

  1. Interaktiv o’qitish jarayoni

  2. Interaktiv metodlar va ularning turlari

  3. Interaktiv metodlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati

Xulosa va tavsiyalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ilovalar

















KIRISH

Mustaqil O’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimni isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim jarayonida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarning pedagogik fikrlashida o’rin ola boshlagan pedagogik texnologiyani dars jarayonida qo’llashga oid tavsiyalar o’qituvchilar uchun juda zarur. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan, o’quvchilarning faolligini oshirishga mo’ljallangan o’quvchilarni boshqalarni fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o’zgalar manfaatlari bilan hisoblashishi, ularga o’rgatish, ta’sir qila olish o’zining va boshqalarning "men"ligini sezish, his qilish, o’zini boshqarish, fikrini aniq, lo’nda va puxta bayon eta olishga, ishlatishga qaratilgan "interfaol" o’qitish usullari tez sur’atlar bilan rivojlanib ijobiy samara bermoqda. O’qitishda foydalanib kelinayotgan interfaol metodlar o’quvchilar o’rtasida raqobat muhitini vujudga keltirib, o’quvchilarni harakatchanlikka boshlab ruxlantiradi natijada o’quvchilar hamkorlikka o’rgana boshlaydi. Har qanday interfaol metod to’g’ri va maqsadli qo’llanilganda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi.

Yangi pedagogik texnologiya ta’lim tizimining ratsional yo’llarini ishlab chiqaruvchi jarayon bo’lib, unda o’qituvchi asosiy ma’sul shaxs hisoblanadi. Chunki uning asasiy vazifasi axborotni o’quvchilarga tez, aniq va tushunarli tarzda yetkazib berishidan iboratdir. O’quvchilarni yangiliklarni qabul qilishlari, va bunga moyilliklari hamda fe’l-atvori har-xil bo’lishiga qaramay o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o’rgatish lozim. Bunda o’quvchi asosiy harakatlanuvchi kuch bo’lib, o’qish, mutoala qilish, chizma chizish, proyeksiyalarni, formulalarni tushunib, asboblarni ishlata olishi, bir birlari bilan do’stona munosabatda bo’lib oldilariga ko’yilgan muammolarni yechishda bir birlariga yordam berish ularning asosiy vazifalari hisoblanadi. Ta’lim tizimida sodir bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlar o’quvchilarga yangi bilim, ko’nikma va malakalarini berish bilan bir qatorda, yoshlarimizni o’ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, davlatga, tabiatga nisbatan o’zgarishini, vatanparvarlik g’oyalarini ongiga va qalbiga singdirishini ham ko’zda tutadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi pedagokka qo’yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi, bir biriga bog’liq bo’lgan talablarning majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini va unga asosan quyidagi asosiy talablarni ifodalaydi:

- ta’lim berish mahorati;

- tarbiyalay olish mahorati;

- o’quv tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiy fazilatlari;

- ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati;

Demak, o’qituvchi - pedagog o’z oldiga qo’yilgan murakkab, ma’suliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish uchun hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi uchun quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak;

- zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi;

- dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai nazarda anglashi;

- axborot ta’lim texnologiyalarini va o’qitish vositalarini ta’lim berishda tatbiq etishi;

- internet tarmog’i to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi va undan o’z bilimini oshirishda foydalana olishi;

- pedagogik mehnatining samaradorligini tahlil etish yo’llarini bilishi va o’ziga o’zi baho bera olishi;

- oilaviy ta’lim tarbiya muammolari bo’yicha tassavurlarini rivojlantirishi;

- umuminsoniy hamda milliy madaniyat va qadriyatlar;

- milliy g’oya va milliy mafkura iqtisodiy islohatlar mohiyatini tushunib olishi;

- dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish yo’llarini bilishi;

- o’quvchilarning fikrlashlari va bir-birlari bilan fikr almashishlari hamda do’stona muhit yaratish uchun sharoit yaratishi;

- darsning samaradorligini oshirish uchun laboratoriya jihozlaridan foydalanish va mashg’ulotlar o’tkazishni o’zlashtirib olgan bo’lishi;

- texnik vositalar va o’quv vositalardan foydalanish yo’llarini bilishi;

- bolalarning barkamol inson bo’lib yetishishida o’zining izlanishlari, ijodkorligi, tashabbuskorligi, hamda betinim mehnatlari orqali ta’lim-tarbiya berish kabilardir.

Yuqoridagi pedagokka qo’yiladigan zamon talablari mazmuini amalga oshirish uchun har bir o’qituvchi yangicha fikrlash tafakkurini o’stirishi, pedagogik texnologiyalari mustaqil o’rganishi, uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanlini chuqur bilib olishi kerak.

Yangi pedagogik texnologiya darslarining an’anaviy darslardan farqi shuki, bu darsda o’quvchiga erkinlik muhitini yaratib berib, unga o’z fikrini erkin bayon etishga imkon yaratib berishdir. Bu imkoniyat qanday yaratiladi? O’quvchiga hech qanday tazyiq o’tkazmasdan, uni shaxsiyatiga tegmasdan savollar berish orqali do’stona munosabatdagi o’quv muhiti yaratiladi. O’quvchini ishlatish deganda, bir necha o’quvchiga mavzularni bo’lib berish orqali dars o’tish emas, balki barcha o’quvchilarni birgalikda ishlatishni tushunamiz. O’quvchilarni birgalikda ishlatish uchun o’quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanamiz.


1. INTERAKTIV O’QITISH JARAYONI

Interaktiv o’qitish jarayoni an’anaviy (doska yonidagi) o’qitishdan farqli o’laroq bir qancha metodologik qirralar ustunligiga ega. Bu avvalam bor, ishtirokchilarning o’yin qoidalarini ishlab chiquvchi muallim va bir - biri bilan faol, emotsional tusdagi munosabatlariga asoslanadi. Muallimning interaktiv o’qitish jarayonida ishning samarasi bir qancha shartlarga bog’liq :

Birinchi - o’quvchi imkoniyatlarining berilgan texnologik (o’yin, trening, mashq) maqsad va vazifalariga mutanosibligi. Tanlangan texnologiyaning maqsadiga qarab muallim u yoki bu vazifani bajaradi tashkilotchi-sardor, kommunikator yoki kelishmovchiliklarni bartaraf qiluvchi, fasilitator.

Ikkinchi - guruh ishtirokidagi o’zaro munosabatlarni hal etishdagi muallimning professional tajribasi. Buning uchun u dialog hamda mul’tilog, ya’ni turkumlashgan professional tajribasi. Buning uchun u diolog xamda multilog, ya’ni turkumlashgan dialog san’atini egalagan bo’lishi zarur. Diolog ko’rinishidagi muloqot psixologiyada ahamiyatli hisoblanadi, chunki an’anaviy "sub’yekt-ob’yekt" munosabatiga zid ravishda "sub’yekt-sub’yekt" munosabatlarini ifodalaydi. Dialog doimo har xil fikrlar va ularni ko’rinishlarini, shuningdek, barcha interaktiv o’zaro aloqa qatnashchilarining qo’yilgan muammoni birgalikda muhokama qilishini va yechimni topishni nazarda tutadi. Qatnashchilarning faolligi o’quvchilarning shaxsiyatiga emas, balki o’zaro muloqatga, qo’yilgan vazifaga yo’naltiriladi. Dialogdagina qatnashchilar qo’yilgan masalaga turli nuqtai nazarlar orqali yondashish bilan bir birini o’zoro boyitishadi. Muallim va o’quvchilarning munosabatlaridagi teng huquqlilik, aks aloqa (joyida va ayni vaqtda) ning amalga oshirishi, katta yoshdagi o’quvchilar intilishlarining ro’yobga chiqarib, muammoning yagona izoxini talab etadigan umumiy kommunikativ va ma’no maydonini yaratadi. Zamonaviy muommolar tartibligi tufayli ularni tushunishda tizim ma’nosini beradigan til zarur.

Interaktiv o’qitish samarasining uchinchi sharti mualimning shaxsiy yo’nalishi bilan bog’liq. Ba’zan yangi texnologiyaning ishtiyoq ishtirok bilan olgan muallim keyinchalik, birinchi aprobatsiyadan so’ng, undan voz kechishi mumkun. Odatda, bu holat muallim o’zining professional va shaxsiy obro’sini diskretitatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan hadiksirashga aloqadordir. Bu hadiksirash tipik qiyinchiliklar tufayli kelib chiqqan bo’lib, shaxsiyat va o’quv sharoitida sodir bo’ladigin munosabatlar stereotiplari bilan bog’liq bo’ladi va o’zoro aloqa o’yini qatnashchilarining avtoritar, zo’rma-zo’raki shablonlarga, manitor uslubiga, leksion va monologik muloqat janriga qaytishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bo’nday qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun muallimning shaxsi o’zi o’iin qoidalarini ishlab chiquvchi muallimlar va shaxsiy o’sish: peshqadamlilik, shaxslar aro munosabatlar, raqobat va boshqa treninglarida qatnashishi lozim. Interaktiv mashg’ulotlar maksimal darajada o’quv jarayonini individuallashtiradi. Bu esa har bir ishtirokchiga aqliy va ijodiy potensialini namoyon qilishga imkoniyat beradi.

2. INTERAKTIV METODLAR VA ULARNING TURLARI

Interaktiv (ingl. Interaction-o`zaro ta`sir) metodlar - bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo`lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Interaktiv metodlar o`zining quyidagi o`ziga xos jihatlari bilan izohlanadi:

-Interfaol metodlar o`qituvchi bilan o`quvchining faol munosabati, bir- birini to`liq tushuntirishga asoslanadi.

-Interfaol metodlarni o`quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda bo`lmasin, qaerda o`tkazilmasin darsda o`qituvchi bilan o`quvchining hamkorlikda ishlashini va natijada o`zlashtirishlarini ta`minlashi lozim. Bunda o`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi, kuzatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi vazifasini bajaradi. Ushbu metodlar orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi. Bugungi kunga kelib interaktiv metodlarning ko`plab turlari yaratilgan. Ulardan keng foydalaniladiganlarini keltirib o’tamiz.

“QARORLAR SHAJARASI” metodi

“Qarorlar shajarasi” metodi muayyanfan asoslari borasidagi bir qator murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidagi eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondoshuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini batafsil tahlil etish imkoniyatini yaratadi.

UMUMIY MUAMMO


1-qaror varianti

2-qaror varianti

3-qaror varianti

afzalligi

kamchiligi

afzalligi

kamchiligi

afzalligi

kamchiligi

Xulosa:


FSMU” metodi

“FSMU” metodi munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozara o‘tkazishda yoki o‘quv reja asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu metod tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga, shu bilan qatorda ta’lim oluvchilarni, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Ushbu metod tinglovchilarga o‘z fikrlarini aniq, qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Mashg‘ulotda avval har bir tinglovchi yakka tartibda berilgan vazifani bajaradi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib boradi va dars oxirida jamoa bo‘lib ishlaydilar. Har bir tinglovchiga FSMU metodining 4-bosqichi yozilgan varaqalar tarqatiladi:

F- fikringizni bayon eting

S- fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.

M- ko‘rsatilgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.

U- fikringizni umumlashtiring.

Tinglovchilar yakka tartibda topshiriqni bajaradilar. So‘ngra kichik guruhlar shakllantirilib, kichik guruhda har bir ta’lim oluvchi o‘zining yozgan javobini o‘qib tanishtiradi, so‘ngra guruh azolari birgalashib muhokama qilib umumiy javoblarini yozadilar va uni himoya qiladilar.

TUSHUNCHALAR TAHLILI” metodi

“Tushunchalar tahlili” metodi mazkur metod ta’lim oluvchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.

Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

  • ishtirokchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);

  • ishtirokchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;

  • belgilangan vaqt yakuniga yetgach berilgan tushunchalarning to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

  • har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.

Tushunchalar

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

Qo‘shimcha ma’lumot

Pedagogik mahorat

Insonparvarlik

Kasbiy bilimlar

Pedagogik texnika

Pedagogik qobiliyat



BLIS-O‘YIN” METODI

“Blis” o‘yin- ta’lim oluvchilarni harakat kema- ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan metoddir. Ushbu metodni amalga oshirish tartibi ko‘yidagicha: Har bir ta’lim oluvchiga alohida -alohida tarqatma materiallar beriladi, ular berilgan materialni o‘rganib chiqadi. Materialdagi “yakka baho” bo‘limiga berilgan harakatlardan qaysi biri birinchi qaysi biri esa ikkinchi va hakoza qilib belgilashi kerak. Vazifani bajarib bo‘lganlaridan keyin ta’lim beruvchi kichik guruhlarni shakllantiradi. Kichik guruhdagi ta’lim oluvchilar o‘zlarining “yakka baho” bo‘limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan tanishtiradi va guruh a’zolari har xil bo‘lgan ketma-ketlikni birlashtirib, bir-birlari bilan tanishib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirib kelishilgan holda bir muhokamaga kelib ularga tarqatilgan qog‘ozdagi “guruh bahosi” bo‘limiga raqamlarni qo‘yib chiqadilar. Guruhlar vazifalarni bajarib bo‘lganidan keyin ta’lim beruvchi harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha tug‘ri javobni beradi. Ta’lim oluvchilar tarqatilgan qog‘ozdagi “to‘g‘ri javob” bo‘limiga yozadilar. Ta’lim oluvchilar “to‘g‘ri javob” bo‘limida berilgan raqamlarni, ya’ni katta sondan kichik sonni ayrigan holda “yakka xato” bo‘limiga chiqqan farqlarni yozishni so‘raydi. “Yakka baho” bo‘limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqib, umumiysini hisoblashlari kerak.

Xuddi shu tariqada “to‘g‘ri javob” ga “guruh bahosi” o‘rtasidagi farqni kattadan-kichikni ayrish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “guruh xatosi” bo‘limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qushib chiqib, umumiy son kelib chiqadi. Ta’lim beruvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi ularni alohida – alohida sharhlab beradi.

Guruh bahosi

Guruh xatosi

To‘g‘ri javob

Yakka xato

Yakka baho

Harakatlar mazmuni

Umumiy yig‘indi

Bajarilgan vazifalarni qo‘yidagicha baholash mumkin: Ta’lim oluvchilarning javoblari ta’lim beruvchi tomonidan berilgan “TO‘G‘RI JAVOB”ning yarimidan ko‘piga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, demak “qoniqarli”, 75% to‘g‘ri kelgan bo‘lsa “yaxshi” ,100% to‘g‘ri kelgan bo‘lsa “a’lo” deb belgilash mumkin.

MUAMMOLI VAZIYAT” metodi

Muammoli vaziyat” metodi ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar.

“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.

  2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.

  3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.

  4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

  5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

  6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.

  7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.

  8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.

KLASTER” metodi

“Klaster” metodi g‘uncha, to‘plam, bog‘lam kabi ma’nolarni anglatib, ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasida aloqalarni topish imkoniyatini yaratadigan grafik organayzer. Ushbu metod ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yunaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Unday foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoiyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromida bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. G‘oyaga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan ta’lim oluvchilar guruh asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlari jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarni o‘yg‘unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.

Klaster metodining tuzilishi

“Klaster” metodini amalga oshirish qoidalari:

  1. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida uylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.

  2. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.

  3. Belgilangan vaqt nixoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilguncha davom ettiring.

  4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarning ko‘rsatishini cheklamang.

Aqliy hujum” metodi

Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. «Aqliy hujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Mashg`ulotlar jarayonida «Aqliy hujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:

1. Mashg`ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.

2. Har bir ta’lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g`oyalar miqdori rag`batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g`oyalarning tug`ilishiga olib keladi.

3. Har bir ta’lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g`oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g`oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g`oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.

4. Mashg`ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g`oya)lari baholanib, boriladigan bo’lsa, ta’lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag`batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

Mashg`ulot jarayonida ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:

1. Mashg`ulot ishtirokchilarining o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish.

2. G`oyalarni yozib berish uchun yozuv taxtasi yoki varaqalarni tayyorlab qo’yish.

3. Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash.

4. Mashg`ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan shartlarni belgilash. Shartlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

a) ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g`oya baholanmaydi;

b) ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muxit yaratiladi;

d) g`oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;

e) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta’lim oluvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.

5. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish.

6. Muayyan qog`oz varaqlari g`oya (yoki fikr)lar bilan to’lgandan so’ng ularni yozuv taxtasiga osib qo’yish.

7. Bildirilgan fikrlarni yangi g`oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash.

8. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya) lar ustida kulish, ularga nisbatan kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

9. Ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalar bildirilishi davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g`ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik. 

Aqliy hujum metodi to’g`ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.

Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi

Mazkur metod Y.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Y.Bush tomonidan qayta ishlangan. «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodining mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish hamda ta’lim oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga 2 qarshi g`oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir. Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg`ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:

1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan ta’lim oluvchilarni o’zida biriktirgan hamda son jihatdan teng bo’lgan kichik guruhlarni shakllantirish.

2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.

3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g`oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi).

4-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to’g`ri hal etilganligiga ko’ra turkumlarga ajratish.

5-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularni to’g`rilik darajasi, yechimini topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va  ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.

 6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish. Yuqorida mohiyati bayon etilgan «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo’nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida birdik muvaffaqiyatli qo’llash mumkin. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:

1. O’quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish;

2. Vaqtni iqtisod qilish;

3. Har bir o’quvchini faollikka undash;

4. Ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.

Ko’rinib turibdiki ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish, vaqtni iqtisod qilish, har bir ta’lim oluvchini faollikka undash, ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirishga yordam beradi.

Arra” metodi

Pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o’quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o’rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o’quvchilar bajarilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o’quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo’yicha «mutaxasis»ga aylanadi. So’ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism  (blok yoki modul) «mutaxassis» bo’lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o’zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o’rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o’quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
1986-yili R.Slavin «arra» metodini qisman o’zgartirib «arra-2» metodini yaratdi. Mazkur metodga ko’ra kichik guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o’quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o’quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tegishli qismini puxta o’zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi. O’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o’tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to’plagan guruh g`olib sanaladi.

Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman”  metodi

Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman» degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu harakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g`ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday harakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi). Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng  fikr yuritishlari hamda  mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’ngi bosqichda  o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha  qanday ma’lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va  o’quvchilarni yana o’ylashga da’vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. i qismini puxta o’zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi. O’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o’tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to’plagan guruh g`olib sanaladi.  Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 daqiqa) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar.

Zigzag” strategiyasi metodi

Sinf o’quvchilari 7 ta guruhga bo’linadilar va guruh nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga  ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O’quvchilar matnlarni diqqat bilan o’rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to’ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o’quvchilari o’zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so’zlab berganlaridan so’ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o’rganib chiqilgach o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o’zaro mantiqiy bog`liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g`oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So’ngra o’zlashtirilgan bilimlar asosida o’quvchilarning o’zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.

Insert” strategiyasi metodi

Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. O’qituvchi har bir guruh o’quvchilaridan mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so’raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning  barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga  yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o’qituvchi mavzular mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi matnni o’quvchilarga tarqatadi. So’ngra shunday topshiriq beriladi: a) matn bilan tanishib chiqing; b) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:
d) matnda guruhda tomonidan bildirilgan fikr o’z aksini topgan bo’lsa; e) matnda guruhlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo’lsa; f) matnda bir biriga zid fikrlar mavjud bo’lsa; g) matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa; So’ngra guruh a’zolari  shaxsiy qarashlarini o’zaro o’rtoqlashadilar, guruh bo’yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O’qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni  ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O’qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o’quvchilar to’g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi. Shundan so’ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o’rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan  fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.

Komandada o’qitish” metodi

Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har  ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi.

Kichik guruhlarni tashkil etish

Sinf guruhlarda ishlaydigan birinchi mashg`ulot hal qiluvchi mashg`ulot xisoblanadi. U keyinchalik guruhli ishlarga yo’nalish beradi. Shuning uchun mana shu birinchi martada qator shartlarga rioya qilish juda muhim.
Birinchi guruh uchun:
1. O’qituvchi guruhni belgilaydi.
2. Qat’iy rahbarlik qilishi mumkin bo’lgan eng faol yoki boshqa o’quvchilar haqida o’ylab ko’ring.
3. Eng zehnli yoki juda qobiliyatli o’quvchilardan tanlab har bir guruhga kiriting.
4. Zehni o’tkir bo’lmagan o’quvchilarni ham tanlab, har qaysi guruhga taqsimlang.
5. Guruhni 4 ishtirokchi bilan (nazaringizda bir-biriga munosib) to’ldiring.
6. Rahbarni guruh bilan oldindan uchrashtiring va ular vazifasini tushuntiring.
7. Mashg`ulotlarda guruh vazifasini va rahbar vazifasini tushuntiring.
8. Har bir guruh doira shaklida o’tirsin. Har bir ishtirokchi hammani ko’rmaguncha guruh ish boshlay olmaydi.
9. Ish vaqtida doimo hap bir guruh atrofida yuring. 
Muhokama oxirida o’z kuzatuvlaringizni ayniqsa har bir guruhdagi yaxshi g`oyaga e’tiborni qaratib gapirib bering.
Kichik guruhlarda ishlash uchun maslahatlar:
1. O’quvchilar ishni bajarishi uchun bilim va malakaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
2. Guruhga aniq yo’riqlar ko’rsating. Gypuhlar 1 yoki 2 yo’riqdan (hatto) juda tushunarli bo’lsa ham) ko’piga rioya etishi amrimahol.
3. Kichik guruh uchun berilgan vazifaning bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. Boshqa gypuhlapga nisbatan vazifasini erta bajargan guruhni band qilish yo’llarini o’ylab ko’ring.
4. Murakkab dasturni ishlab chiqish kerak bo’lganda guruhni 2-5 kishidan tuzing. Kichik guruhda muhokama qilish uchun 5 kishi yetarli.
5. Kichik guruhdagi ishlarni sinf uchun me’yorga aylantiring.
6. Baholash va mukofotlash tizimingiz kichik guruhdagi ishlarga qanday ta’sir qilishi haqida o’ylab ko’ring. Muvaffaqiyatli guruhiy ish uchun guruhga mukofot tayyorlang.
7. Guruh ishi natijalarining qanday topshirilishini aniq tushuntiring. Guruh ishi haqida sinfga kimdir e’lon qilishi kerak bo’lsa, uni oldindan tanlab qo’ying.
8. Jamoa  bo’lib  o’rganish  vaqtidagi    shovqinga  ko’nikish uchun   tayyorgarlik ko’ring.
9. Guruh tashkil qilayotganda o’quvchilarga «tazyiq» ko’rsatmang. Odatda turli xil guruhlar maqsadga muvofiq.
10. Har qanday sharoitda ham guruh bilan samimiy munosabatda bo’ling, guruhda ro’y berayotganlarni kuzating va baholang.

3.INTERAKTIV METODLARNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Pedagogik texnologiyani joriy etish tajribasini o`rganish va unga ijodiy yondashish, o`quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda o`quvchini sust ob`ektdan aktiv sub`ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq, maqsadlarga yo`nalganligini hamda o`quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bu kabi aktivlikni ta`minlashda interaktiv metodlar alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan interaktiv metodlar pedagogik texnologiyani natijali tashkil etishga xizmat qiladi. Interaktiv metodlardan foydalanish ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyani samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Ya`ni o`qituvchilar o`zlarining pedagogik faoliyatilarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etar ekan, demak, har bir darsi ham texnologiyalashtirilishi hamda bu jarayonda o`quvchilarning faolligi (aktivligi) ta`minlanishi lozim. Shuning uchun ham Biz ushbu ilmiy tatqiqot ishimizda interaktiv metodlarning mazmunini va mohiyatini ochib berishda ushbu uchta tushunchani (pedagogik texnologiyalar, o`qitish texnologiyalari, interaktiv metodlar) birlashtirgan holda tatqiq etish lozim deb topdik. Ko`pchilik holatlarda o`qituvchilar pedagogik texnologiyalar bilan o`qitish texnologiyalari tushunchalarini bir-biridan ajrata olmaydilar. Ba`zi holatlarda esa bittagina darsda qo`llangan interaktiv metodlardan foydalansalar, bunday darslarni pedagogik texnologiya asosida tashkillashtirilgan dars deb ham hisoblashadilar. Vahonki, o`qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyalarga yaqin tushuncha bo`lsa-da, aynan o`xshash ma`noni anglatmaydi, chunki u ma`lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o`quv materialini o`zlashtirish yo`lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko`proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. Ta`lim texnologiya elementlarini tanlash va amalga oshirishda o`quvchilarning o`quv bilish faoliyatlarini e`tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqda guvohlik beradiki, yangi tushanchalar berish tipidegi darslarning dastlabki 7-10 daqiqasida o`quvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan`anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim. Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida yangi tiushunchalarni berishga ajratilgan vaqt 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. Chunki o`rganishning dastlabki 15-20 daqiqasi eng samarali, 25-30 daqiqadan keyin esa o`rganishni davom ettirish motivatsiyasi tezda pasaya boshlaydi. Idrok qilish paytida qancha ko`p sensorik (sezgi) kanallardan foydala - nilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo`ladi. Agar bilimlar faqat «ma`ruza»lar orqali (passiv tinglash yo`lida) berilgan bo`lsa, unda 3 kundan so`ng ularning faqat 25%ni eslash mumkin xolos. Agar u ma`ruzalar o`qish (tinglash), namoyish va ko`rgazmali qilish (ko`rish, ushlab ko`rish va shu kabilar) orqali berilsa va shu to`g`risida bahslashilsa, unda 3 kundan so`ng 75% ini esga tushirish mumkin. Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo`lsa, ma`lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o`tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo`lib hisoblanadi. O`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga o`qitish metodlarining ta`sir darajasi:

  1. Ma`ruza - eshitganimizning 5%.

  2. O`qish - o`qiganimizning 10%.

  3. Videousul, namoyish - ko`rganimizning 20%.

  4. Tajribani namoyish qilish - ko`rgan va eshitganimizning 30%.

  5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%.

  6. Mashqlar - o`qigan, yozgan, gapirganimizning 50%.

  7. Ishbop o`yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil o`qi - ganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%.

  8. Yo`naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o`qitish - mustaqil o`rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, boshqalarni o`qitgan narsalarimizning 90%.

Yuqoridagi ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, dars jarayonida noan`ana -viy metodlar qo`llanilganda, o`quvchilarning axborotni eslab qolish ko`rsatkichining eng yuqori darajasi 30%ni tashkil etar ekan. Noan`anaviy metodlar qo`llanilganda esa, o`quvchilarning axborotlarni o`zlashtirish darajasi yanada ortib boradi. Quyida ta`lim jarayonida foydalanmoqchi bo`lgan metodlarni tanlash vaqtida hisobga olish lozim bo`lgan ayrim jihatlarni ko`rib chiqamiz. Har qanday ta`limning maqsadi - bilimni hamda uni amalda qo`llay bilish ko`nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs sifatlari va ko`rsatmalarni ishlab chiqishdir. O`quv faoliyati harakatida maqsadning barcha komponentlari amalga oshar ekan, turli metodlarni birgalikda qo`llash zarur. shuning uchun, metod tanlashda eng asosiy omil bo`lib, o`quv mashg`ulotining didaktik vazifasi xizmat qiladi. Metod tanlash nafaqat o`quv maqsadidan, balki o`quv material mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog`liq. Bundan tashqari metodlarni tanlashda o`quvchilarning soni, ularning o`quv imkoniyatlari, ta`limning davomiyligi, o`quv moddiy sharoitlar va o`qituvchining mahoratiga bog`liq.

TAMOQLAR” metodi – o`quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o`rgatishga qaratilgan.

3x4” metodi – o`quvchilarni erkin fikrlash, keng doirada turli g`oyalar - ni bera olishi, ta`lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, hulosa chiqara olishi, ta`rif bera olishiga qaratilgan.

BLITS O`YIN” metodi – harakatlar ketma-ketligini to`g`ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o`rganayotgan predmeti asosida ko`p, xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan kerakligini tanlab olishni o`rgatishga qaratilgan.

INTERVYU” texnikasi – o`quvchi savol berish, eshita olish, to`g`ri javob berish, savolni to`g`ri tuzishni o`rgatishga qaratilgan.

IYERARXIYA” texnikasi – oddiygina o`qitish usullarini qo`llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o`rgatishga qaratilgan.

BUMERANG” texnikasi – o`qituvchi o`quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`quvchilarni baholay olishga qaratilgan.

O`QUVCHI” treningi – o`quvchilar bilan individual holda ishlash o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi to`siqni yo`q qilish, hamkorlikda ishlash yo`llarini o`rgatishga qaratilgan.

MULOQOT” texnikasining auditoriya diqqatini o`ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko`rsatishga, uni tashkil etishni o`rgatishga qaratilgan.

BOSHQARUV” texnikasi o`qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullarni hamda o`quvchilarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o`rgatishga qaratilgan.

KLASTER” (TARMOQLAR) metodi. «Tarmoqlar» ya`ni, klaster usuli. Bu uslub kichik maktab yoshidagi o`kuvchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o`tilgan mavzuni mustaxkamlash, yaxshi o`zlashtirish, umumlashtirish hamda o`kuvchilarpning shu mavzu bo`yicha tasavvurlarini chizma shaklda ifodalashga undaydi. Bunday darslarning samaradorligi pedagogning kasbiy tayyorgarligiga, o`quvchilar bilan munosabatiga hamda bilim saviyasiga bog`liq va quyidagi omillar bilan aniqlanadi :

-o`quv jarayoni muhiti va o`kuvchilarngi qo`llab quvvatlashi;

-pedagogning psixologik-pedagogik tayyorgarligi;

-fanni chuqur bilishi, kasbiy omilkorligi;

-ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini bilishi;

-uzluksiz ta`lim tizimidagi me`yoriy hujjatlarni bilishi;

Yuqoridagi singari interaktiv metodlardan ta`lim jarayonida foydalanish har bir o`qituvchidan tinimsiz izlanishni, ijodkorlikni, bir so`z bilan aytganda o`zining pedagogik faoliyatini innovatsion asosda tashkillashtirishni talab etadi.

XULOSA

Yuqorida aytilganidan ma’lumki, interaktiv texnologiyalar tatbiq qilingan mashg’ulotlarda ma’lumotni o’zlashtirish an’anaviy o’qitishga qaraganda (bu to’g’rida ko’p izlanishlar natijalari guvohlik beradi) ancha samaralidir. Bu yerda bir paytning o’zida professional fikrlash diapazonining kengayishi, o’quvchilar ijodiy potensialining rivojlanishi, odamlar bilan ishlash mahoratining egalanishi hamda sotsial tajribani orttirish sodir bo’ladi.

Shuni aytish lozimki, interaktiv o’zaro aloqa rejimida o’qitish jarayonida rahbar va mutaxassislarda shaxsiy dunyoqarashning o’zgarishi yuz beradi. Bunda muloqatlar yangi, yanada insoniy va axloqiy ma’noga ega bo’ladilar.

Va nihoyat, interaktiv o’yinlarda tez-tez qatnashish rahbar va mutaxassislarga verbalitsiya ko’nikmalarini xosil qilishni, suxbatdoshni tinglashni, to’g’ri savoljavob olib borishni, ommaviy tarzda axborotni yetkazishni o’rgatadi.

Shunday qilib, yuqorida aytilgandan kelib chiqib, quyidagi xulosalarni qilish mumkin: interaktiv texnologiyalar rahbar va mutaxassislar davr talabidan kelib chiqib, yuzaga kelib muammolarni yechim qobilyatini rivojlantiradi. Bunda amaliy faoliyat sharoitda yuzaga keladigan: ishlab chiqarish, sotsial, amaliy va shaxslar aro munosabatlarning tartiblanishi ko’zda tutiladi.





FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Karimov I.A. «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga so`z boshi. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. 9- jild. T.: O`zbekiston, 2001.

2. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T.:Sharq, 1997.

3. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997.

4. Abdullaeva K. «Yangi pedagogik texnologiyalar» 1999.

5. Avliyakulov N.X. “Zamonaviy o`qitish texnologiyalari “ T.: 2001.

6. Mavlonova R.A. “Boshlang`ich ta`limda innovatsiya” Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi. T.: 2007.

7. Tolipov O`, Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot” T.: «Fan» 2005.



ILOVALAR

Сохранить у себя:
“Boshlang’ich sinflarda interaktiv o’qitish metodlari va o’quvchilar bilimini rivojlantirishdagi ahamiyati”

Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки