Boshlang'ich sinflarda 21 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni raqamlash, qo'shish va ayirish amallarini o'rgatish.

BOSHLANG'ICH SINFLARDA 21 DAN 100 GACHA BO'LGAN SONLARNI RAQAMLASH, QO'SHISH VA AYIRISH AMALLARINI O'RGATISH.

Содержимое разработки

ANNOTATSIYA

Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o‘rganishini tashkil etishning didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bola birinchi marta jamoat jihatidan baholanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan qoidalardan iborat bo‘lib uning muvaffaqiyati birgina o‘quvchiga emas butun jamoaning faol harakatiga bog‘liq.

Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo‘yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to‘planadi.
























Mavzu: 21dan 100gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash, qo‘shish va ayirish amallarini o‘rgatish

Reja:

KIRISH

1. Sonlarni raqamlashni o‘rganish metodikasining umumiy masalalari.

2. Raqamlash metodikasi bo‘yicha o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar.

3. O‘nlik ichida raqamlashga o‘rgatish.

4.Yuzlik ichida sonlarni raqamlash.

5. Raqamlashga o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish usullari.

XULOSA VA TAVSIYALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


























KIRISH

Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir.

Olimlarimizning ilmiy merosini chuqur organib, uni talim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir manaviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir.

Shu paytgacha psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, T. To‘laganov, D.B.Elkonin) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.

Ikkinchidan, sonlarni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan aqliy hatti-harakatlar tizimini aniqlashga qaratilgan. Bunda o‘qitish va o‘qish faoliyatlari chegaralanadi; o‘quvchilarda aqliy faoliyat tizimini maqsadga muvofiq shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish (N. Azizxodjayeva, Yu.K.Babanskiy, O.Rozikov, N.F.Talizina, T.I.Shamova, D. Shodiyev, G.I.Shukina va boshqalar) masalalari ustida tadqiqotlar amalga oshirildi.

Uchinchidan, ayrim tadqiqotchilar o‘quvchilarning funksiyalarini to‘la aniqlash, ta’lim mazmunining tuzilishi va komponentlarini aniqlash bilan bog‘laydilar. (V.P. Bespalko, D.D. Zuyev, B. Qodirov, E. G‘oziyev, G‘.B. Shoumarov va boshqalar);

To‘rtinchidan, o‘qitishning tashkiliy shakllariga bog‘liq ekanligi qayd qilinadi. Bunday yondoshish boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun maqsadga erishish yo‘llari, usullarini muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratishi, o‘zaro ishonch muhitini yaratishiga urg‘u beriladi (Sh.A. Amonashvili, M.V. Matyuxina, R.A. Mavlonova va boshqalar);

Beshinchidan, psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich ta’lim samaradorligini o‘quvchilarning motivlariga bog‘liq ekanligi qayd etilmoqdakim, bunda ham bilish faoliyatining turli motivlarini shakllantirish masalalari ochib beriladi. (A.K. Markova, M.V. Matyuxina, M.X. To‘xtaxodjayeva, S. Annamurodova, G.I. Shukina, B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev va boshqalar).

Mavjud tadqiqotlar ushbu muammoning yo‘nalishlarini ma’lum darajada aks ettirsa-da, bu raqamlashni organish tizimining didaktik asoslarini ta’minlay olmaydi. Bu esa bizning bitiruv ishimizning dolzarbligini ko‘rsatadi.

O‘quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida hosil qilinmasdan, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.

Darslar sistemasining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.

Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak.

Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi.

1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.

2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.

3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali

malakalarni hosil qilish.

4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.

5. Bilim va malakalarni tekshirish.

Davlat ta’lim standard o‘quvchilarning har biriga ta’lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini ragbadlantirish va shu orqali o‘quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini taminlash uchun da’vat etilga. Davlat ta’lim standarlarining o‘quv fani bo‘yicha, ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqarilishi o‘quv fanlarining variantini tanlash asosida o‘quv metodik majmualar, jumladan, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va o‘quv fanlari aro uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.

  1. o‘quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.

b)faohiyatning har-xil turlarini o‘quv mehnat,muloqatni egallash.

v)o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholarshga o‘rgatish.

g) muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi

taraqiyotining tavsifi.

Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quv- bilimjarayoniga matematika o‘qitish bo‘yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o‘quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fasilatlarining shakllanishini ham taminlaydi.

O‘quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar "Ta’lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" da ko‘rsatib o‘tilgandek, har bir sinf o‘quvchisiga oldiga muhim vazifa qo‘yilmoqda. Bu vazifalar boshlang‘ch ta’lim uchun ham xos bo‘g‘inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo‘g‘inlar xilma -xil o‘quv fanlari dasturlarida, o‘quv rejalarida,darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun.

Davlat ta’lim standartlari o‘quv fani bo‘yicha o‘quv -metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o‘quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarni bog‘lanishi ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko‘p o‘zgarmagan:arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o‘zgarganda amallar natijalarining o‘zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o‘lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog‘lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.

Shuningdek arifmetik boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o‘z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o‘quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O‘quv materialini o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlanishida o‘rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko‘zsatiladi.

1-sinf dan 20 gacha sonlar.

2-sinf dan 100 gacha sonlar.

3-sinf dan 1000 gacha sonlar.

4-sinf dan 1000000 gacha sonlar.

Va hokazo ya’ni ko‘p xonali sonlar o‘rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Hammasi bo‘lib 5 ta konsentr ko‘zda tutiladi: o‘nlik, ikkinchi o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar. Har bir konsert o‘z mazmuniga ko‘ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o‘quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o‘rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o‘quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o‘lchashlarda, og‘zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta’minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o‘rganish mos masalalarni kelgusida o‘rganish uchun tayyorgarlik ishi bo‘lib hisoblanadi, har bir keyingi honsentrda esa ilgari o‘rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.

Barcha konsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketligi va o‘rganish uslubida ko‘p umumiylik mavjud bo‘lib , bu o‘qitishning ma’lum uslubida ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga imkon beradi, o‘quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikirlashlarini rivojlantiradi.Shu bilan birga, har bir konsentr o‘ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko‘rsatishga asos bo‘ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi tomondan, konsentralning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida o‘qitishning maqsad va vazifalarining o‘ziga xosligi sabab bo‘ladi.

Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o‘quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o‘lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to‘plamlari yordamida ko‘rsatish bo‘lgan katta bo‘lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko‘rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o‘tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o‘rganish usulini batafsil bayon qilamiz.

1. Sonlarni raqamlashni organish metodikasining umumiy masalalari

Raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar konsentirlari bo‘yicha kiritishni nazarda tutadi.

Natural sonlarni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo‘shib miqdorlar, algebra va geometriya elementlari o‘qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni asta-sekin o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o‘nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og‘zaki va yozma raqamlashni takror-takror qo‘llash orqali beriladi.

1-o‘nlikni raqamlashda 1-10 sonlarini sanash, raqamlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o‘zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o‘nlik bilan nol soni ham birga o‘rgatiladi. Uni bo‘sh to‘plamning xarkteristikasi sifatida berilgan. Raqamlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni raqamlash qaraladi.

1-,2-, ....o‘nliklarni hosil qilish, birgalikda o‘nliklarni, ya’ni o‘nli sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlar og‘zaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o‘rgatishlar amalga oshiriladi.

Bu bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.

Buning uchun o‘quvchilar quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:

1) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak;

2) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak;

3) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo‘lishini ongli o‘zlashtirishlari kerak;

4) Raqamlarni o‘qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo‘ya olishlari kerak;

5) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;

6) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak;

7) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko‘rinishdagi mat-k yozuvlarni o‘qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishlarini bilishlari kerak.

  1. Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.

Birinchi o‘nlik ustida ishlashda uch bosqich ajratilib turiladi:

1) Tayyorgarlik davri,

2) Raqamlashni o‘rganish,

3) Arifmetik amallar (qo‘shish va ayirish)

Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi bolalarning bilim, o‘quv malakalarini smetalashtirish va to‘ldirish, raqamlashni o‘rganishga o‘tishda zarur bo‘ladigan bilimlarni egallashlariga sharoitlar yaratish, birinchi sinfga kelgan bolalarning mat-k tayyorgarligini o‘rganish.

100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rgatishda o‘qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab va gruppalab sanashga o‘rgatish:

100 ichida sonlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish xona birliklari bilan tanishtirish.

Raqamlashni o‘rgatishda ikki bosqichga ajratiladi:

11-20 sonlarni raqamlash va 21-100 sonlarni raqamlash.

Bolalarga 20 ichida, so‘ngra 100 ichida sonlarni o‘rganish tayyorgarlik bosqichi olib borilib so‘ngra og‘zaki raqamlash va yozma raqamlash amalga oshiriladi.

20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlashga doir ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son terminlari bilan tanishadilar.Mas: 3, 8, 10, 12, 17, 20.

100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish metodikasini o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi kunikmalar, malakalarni egallab olishlari kerak:

1. 100 ichida raqamlashda sonlarning nomlarini o‘zlashtirish, ular o‘nliklardan va birliklardan qanday hosil bo‘lishini tushuntirish

2..Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish .Sonlarning natural ketma-ketligidagi o‘rinlarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslab olish. ( 45 katta 35, chunki to‘rt o‘nlik katta uch o‘nlik.........).

  1. 100 ichida sonlarni yozish va o‘qiy bilish

4.Natural ketma-ketlikni bilganlikka asoslanib sonlarni

( 39+1, 50-1, 27+1, 27-1, 75-1.....) ko‘rinishdagi) qo‘shish va ayirishni bilish sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yiІindisi bilan ( 46= 40+6) almashtirish ni bilish..

100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining vazifasi bolalarga quyidagilarni o‘rgatishdan iborat.

O‘quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida hosil qilinmasdan, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.

Darslar sistemasining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.

Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak.

Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi.

1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.

2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.

3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali

malakalarni hosil qilish.

4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.

5. Bilim va malakalarni tekshirish.

Davlat ta’lim standard o‘quvchilarning har biriga ta’lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini ragbadlantirish va shu orqali o‘quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini taminlash uchun da’vat etilga. Davlat ta’lim standarlarining o‘quv fani bo‘yicha, ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqarilishi o‘quv fanlarining variantini tanlash asosida o‘quv metodik majmualar, jumladan, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va o‘quv fanlari aro uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.

  1. o‘quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.

b)faohiyatning har-xil turlarini o‘quv mehnat,muloqatni egallash.

v)o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholarshga o‘rgatish.

g) muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi

taraqiyotining tavsifi.

Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quv- bilimjarayoniga matematika o‘qitish bo‘yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o‘quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fasilatlarining shakllanishini ham taminlaydi.

O‘quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar "Ta’lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" da ko‘rsatib o‘tilgandek, har bir sinf o‘quvchisiga oldiga muhim vazifa qo‘yilmoqda. Bu vazifalar boshlang‘ch ta’lim uchun ham xos bo‘g‘inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo‘g‘inlar xilma -xil o‘quv fanlari dasturlarida, o‘quv rejalarida,darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun.

Davlat ta’lim standartlari o‘quv fani bo‘yicha o‘quv -metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o‘quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarni bog‘lanishi ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko‘p o‘zgarmagan:arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o‘zgarganda amallar natijalarining o‘zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o‘lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog‘lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.

Shuningdek arifmetik boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o‘z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o‘quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O‘quv materialini o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlanishida o‘rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko‘zsatiladi.

1-sinf dan 20-100 gacha sonlar.

2-sinf dan 100-1000 gacha sonlar.

3-sinf dan 1000-1000000 gacha sonlar.

4-sinf dan 1000000-ko’p xonali sonlar.

Va hokazo ya’ni ko‘p xonali sonlar o‘rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Hammasi bo‘lib 5 ta konsentr ko‘zda tutiladi: o‘nlik, ikkinchi o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar. Har bir konsert o‘z mazmuniga ko‘ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o‘quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o‘rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o‘quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o‘lchashlarda, og‘zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta’minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o‘rganish mos masalalarni kelgusida o‘rganish uchun tayyorgarlik ishi bo‘lib hisoblanadi, har bir keyingi honsentrda esa ilgari o‘rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.

Barcha konsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketligi va o‘rganish uslubida ko‘p umumiylik mavjud bo‘lib , bu o‘qitishning ma’lum uslubida ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga imkon beradi, o‘quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikirlashlarini rivojlantiradi.Shu bilan birga, har bir konsentr o‘ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko‘rsatishga asos bo‘ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi tomondan, konsentralning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida o‘qitishning maqsad va vazifalarining o‘ziga xosligi sabab bo‘ladi.

Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o‘quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o‘lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to‘plamlari yordamida ko‘rsatish bo‘lgan katta bo‘lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko‘rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o‘tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o‘rganish usulini batafsil bayon qilamiz.

2. Raqamlash metodikasi bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

I.Har bir o‘qituvchi:

1.Konsentrlar bo‘yicha "raqamlash" mavzusini mazmuni va vazifalarini bilishi;

2.O‘quvchilarni o‘zlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash jarayoni:

a) fanlar aro aloqadorlik va sonlarni xonalar bo‘yicha o‘zaro uzviyligiga bog‘liq metodlar:

b) natural sonlar qatorining hosil qilish prinsiplari:

v) Sonning o‘nli tarkibi to‘g‘risida:

g) konsetrlar bo‘yicha sonlarning o‘qilishi va joylashuvi:

d) yangi sanoq birligining hosil qilinishi:

e) konsentrlar bo‘yicha sonlarning joylashuv tarkibi:

j) xona birliklari bo‘yicha munosabat:

z) sonlar tarkibining o‘qilishi va yozilishini bilishi kerak.

Mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘rgazmalilikdan foydalanish.

II. Bilish kerak:

  • mavzu bo‘yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qushiluvchilari yig‘indisi shaklida tasvirlash;

  • darslik bo‘yicha ko‘rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish:

  • o‘quv materialini o‘zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o‘yinlar tanlash:

  • bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil bo‘lishi bo‘yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish:

Turli xil ko‘rinishdagi ko‘rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o‘tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Raqamlash metodikasi bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlarni sanay olishini, o‘qishi, yozishi, taqqoslash usullarini bilbishi, sinflarga ajrata olishi, didaktik prinsiplar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.

Buning uchun o‘quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:

1) o‘quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi:

2) Predmetlarni sanashni shakllantirish:

3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak;

4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak;

5) Sonlarning 1 dan 1000 000 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo‘lishini ongli o‘zlashtirishlari kerak;

6) Raqamlarni o‘qiy olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo‘ya olishlari kerak;

7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;

8) 2,3,4,5,6,7,8,9,10 sonlarning ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak;

9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko‘rinishdagi matematik yozuvlarni o‘qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishlarini bilishlari kerak.

10) miqdorlar yordamida predmetlarni o‘zaro taqqoslash, "Ko‘p", "Kam", "Ortiq", "Baland", "Past" kabi tushunchalarni taqqoslay olishi:

  1. Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.

  1. O‘nlik ichida sonlarni nomеrlashni o‘rganishga

tayyorgarlik davri xususiyatlari

Sonlarni nomerlashni o‘rgatishga tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini sistеmalashtirish va to‘ldirish, nomеrlashni o‘rganishga o‘tishda zarur bo‘ladigan bilimlarni egallashlariga sharoitlar yaratish, birinchi sinfga kеlgan bolalarning matеmatik tayyorgarligini o‘rganishdan iborat. Bolalarning tayyorgarlik darajasini 1-sеntyabrgacha aniqlash maqsadga muvofiq. Agar birorta sababga ko‘ra o‘qituvchi o‘quv yilining boshlanishiga qadar bo‘lg‘usi o‘quvchilari bilan tanisha olmagan bo‘lsa, bolalarning tayyorgarlik darajasi tayyorgarlik davrida aniqlanadi.

Bolalarga qo‘ydagi savollarni bеrish mumkin:

1.Sanashni bilasanmi? Sanab ko‘rchi?

2.Bu yеrda nеchta cho‘p bor? (masalan: 4 ta cho‘p bеriladi)

3.Qaysi doirachalar ko‘p? Ko‘k doirachalarmi yoki qizil doirachalarmi? (Stolda aralash holda 5 ta qizil va 6 ta ko‘k doiracha yotibdi).

Olingan ma’lumotlarni ularga kеyinchalik foydalanish qulay va oson bo‘ladigan qilib yozib qo‘yish foydalidir.Tеkshirish natijalarini hisobga olgan holda bolalar bilan yakkama-yakka ishni darhol boshlab yuborish mumkin.

O‘quvchilarning tayyorgarligini aniqlash qanday bo‘lisnidan qat’iy nazar, o‘quvchilar prеdmеtlarni qay darajada sanay olishini aniqlash zarur: ular sonlar kеtma-kеtligi qaysi chеgaralarda biladilar, narsalar to‘plamini qaysi usul bilan taqqoslaydilar, (cho‘t yordamida narsalarni bir biri bilan mos kеltirish bilan yoki «chamalab», ya’ni katta-kichiqligiga qarab taqqoslash bilan); bolalar «katta» «kichik», shuncha» munosabatlarini to‘qri tushunadilarmi? qo‘shish va ayirishga doir eng sodda misol va masalalarni yеchishni biladilarmi? Ular qanday raqamlar va gеomеtrik figuralarni biladilar.

Sanash malakasini paydo qilish ayniqsa muhumdir, shuning uchun sanashga doir mashqlar tayyorgarlik davrining xar bir darsiga kiritiladi. Sanash bolalar uchun faqat o‘quv masalasigina bo‘lib qolmasligi uchun sanashga doir topshiriqlar kundalik turmish bilan boglangan bo‘lisni kеrak. O‘quvchilar sanash nima uchun kеrakligini, u turmushda qachon qo‘llanishini sеkin-asta tushunib borishlari kеrak. Tayyorgarlik davrida O‘quvchilar har kuni sanash to‘qrisida yangi malumotlar bilan tanishadilar.

Masalan: O‘quvchilar dastlabki darslarda to‘qri va teskari sanab va natijalarni taqqoslab, sanashda narsani (prеtmеtni) ham, sonlarni ham sanamay o‘tkazib yuborish mumkin emas dеb takrollash yoki birgina narsaning o‘zini bir nеcha marta sanash mumkin emas dеb xulosalar qiladilar. Bolalar narsalarni to‘qri tartibda (chapdan o‘nga va o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga va aksincha va x.k) sanar ekanlar, sanash sanoq tarkibiga bogliq emas dеb o‘z so‘zlari bilan xulosa chiqaradilar.

O‘quvchilar juftliklarni, uchtaliklarni bеshtaliklarni va x.k larni sanab faqat ayrim narsalarnigina emas, balki, narsalar guruhlarini ham sanash mumkinligi va bunda yanada ko‘proq narsalarni sanash mumkinligiga ishonch hosil qiladilar. O‘quvchilarga sanashda ham miqdoriy sonlardan (bitta, ikkita, uchta), ham tartib sonlardan (birinchi, ikkinchi, uchunchi, …) foydalanish mumkinligi ko‘rsatiladi, tеrminlar esa bolalarga hozircha ma’lum qilinmaydi. Sanash to‘qrisidagi bilimlarni o‘quvchilar sanashga doir turli-tuman mashqlarni bajarishda qo‘llaydilar va birin kеtin o‘zlashtira boshlaydilar, sanashni bilish sonlarning miqdoriy va tartib munosabatlarini o‘rganishga, yani, nomеrlashni o‘rganishga asos bo‘ladi.

Maktabda qabul qilinayotgan bolalarni tеkshirish shuni ko‘rsatadiki, bolalarning yozuvda tayyorgarligi eng kam bo‘ladi. Shuning uchun dastlabki mashgulotlardan boshlabog har kuni raqamlarni yozish uchun tayyorgarlik mashqlarini kiritish kеrak: hoshiyalar chizish, chizgich bilan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish, raqamlar elеmintlarini yozish kabilar. Tayyorgarlik davrida bolalarni matеmatika daftari va darsligi, didaktik matеrial (uchburchaklar, kvadratlar, doirachalar, cho‘plar, qirqma raqamlar), nabor polotnosi, chizgich (to‘qri chiziq o‘tkazish uchun kеrak asbob sifatida) bilan tanishtirish va tarbiyaviy ahamiyatga ega, shuning uchun ularning mazmuni emas, balki tuzilishiga (ogzaki va yozma ishlarning navbatlashib kеlishi, amaliy topshiriqlar va qiziqarli mashqlar kiritish, didaktik material va ulardan foydalanish) ham etibor bеrib, sinchiqlab tayyorlanish kеrak. Bolalar toliqib qolmasligi uchun fizmimutlar (jismoniy mashqlar bajarish, shеrlarni xor bo‘lib harakatlar orqali ifodali o‘qish o‘tkazish kеrak. Bu davrlarda bolalarga o‘qishga, maktabga qiziqish uygotish ayniqsa muhumdir. Shu maqsadda o‘quv jarayoni bolalar uchun qiziqarli (maroqli), iloji boricha ko‘proq ijobiy his-hayojonlar uygotadigan bo‘lisniga katta etibor bеrish kеrak. Yaxshilab bеzatilgan sinf, chiroyli ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchining etiborli, yaxshi muomilasi bolalar uchun ogirlik qilmaydigan qiziqarli darslar bunga imkon yaratadi.

O‘quv jarayonini dеmonstratsion hamda yakka foydalaniladigan o‘quv qurollari to‘plami bilan taminlashga oldindan etibor bеrish kеrak. Olti yoshli bolalar bilan ishlashda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish asta-sеkin aniqlikdan abstraktlikka o‘tish masalasiga buysindirishi kеrak. Shuning uchun rеal narsalarni qarashdan ularning yassi tasmvirlariga (faqat bir o‘zinigina emas, balki, syujetli rasm shaklida ham) so‘ngra abstrakt qurollar (abak, sonli jadvallar, sonli figuralar, geomеtrik figuralar va hokazo) ga o‘tish kеrak.

4. «Yuzlik» mavzusida sonlarni nomеrlashni o‘rganish mеtodikasi

Nomеrlashni o‘rganishda ikki bosqich ajratiladi:

11-20 va 21-100 sonlarni nomеrlash.

20 gacha bo‘lgan va 21-100 gacha ikki xonali sonlarni nomеrlash bir-biriga printsipial o‘xshash: bu sonlarni og‘zaki va yozma nomеrlash sanoqda birliklarni o‘ntalab guruhlashga va sonlarni yozishda raqamlarning o‘rin qiymatlari printsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi o‘nlik sonlarining o‘nli tarkibini o‘zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi 100 ichida sonlarni o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

11-20 va 21-100 sonlar bilan tanishtirish quyidagicha rеja asosida amalga oshiriladi;

-tayyorgarlik ishi

-og‘zaki nomеrlash

-yozma nomеrlashni o‘rganiladi.

11-20 sonlarni nomеrlashni o‘rganishdagi tayyorgarlik ishi «O‘nlik» mavzusini takrorlashda o‘tkaziladi. Shu maqsadda narsalarni 10 dan oshirib sanashga doir mashqlar (11,12…..) shuningdеk narsalarni guruhlab sanash (juftlab) kiritiladi. Bunday mashqlar o‘quvchilarni birinchi o‘nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ularni ko‘pligiga, ularni bеlgilash, atash, hosil bo‘lish, qatorida kеlish tarkibida bolalarga tanish bo‘lgan sonlar orasida ma'lum o‘xshashlik borligiga ishontiradi.

2 o‘nlik sonlarni og‘zaki nomеrlashni o‘rganishni 10 haqidagi tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho‘plardan 10 tadan qilib bog‘lab, 10 ta bir bitta unlikni hosil qilishini ko‘radilar. So‘ngra ular o‘ntalik cho‘plarni sanash mashqlarini, o‘nliklarni qo‘shish va ayirishni bajaradilar (2o‘n+3o‘n=5o‘n, 7o‘n-3o‘n, 4o‘n-2o‘n). Shunday mashqlar asosida o‘quvchilar o‘nliklarni oddiy birliklar kabi sanash, qo‘shish va ayirish mumkin ekan, dеgan xulosa chiqarishadi.

So‘ngra 11-20 sonlarining hosil bo‘lishiga doir ishlar bajariladi.

Amaliy ish: 10 ta cho‘pni sanang, sizda qancha cho‘p borligini boshqacha qanday atash mumkin? (1 o‘nlik). Cho‘plarni bog‘lang, ustiga bitta cho‘p qo‘ying. Hammasi qancha bo‘ldi (11) 11 sonda nеchta o‘nlik va nеchta birlik bor? Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shunga o‘xshash olib boriladi, bunda o‘quvchilar 2-o‘nlik sonlarining o‘nlik tarkibi va sanoqdagi tartibini o‘zlashtiradilar.

Uzunliklarni o‘lchashning yangi birligi - dm bilan tanishish, kеsmalarni sm va dm bilan o‘lchashga oid mashqlar ikkinchi o‘nlik sonlarni nomеrlashni o‘zlashtirishga yordam bеradi. Ikki xil o‘lchov birligi bilan o‘lchash o‘quvchilarga sonlarning o‘nlik va birliklarda hosil bo‘lishini o‘zlashtirishga yordam bеradi: agar kеsmaning uzunligi 1 dm 3 sm bo‘lsa, dеmak unga bir o‘nlik sm va yana 3 sm sig‘adi dеgan so‘zdir.

Og‘zaki nomеrlashni o‘rganishda, so‘ngra yozma nomеrlashda sonlarni xona qo‘shiluvchilariga ajratishga kеltiriladigan qo‘shish va ayirish hollari qaraladi. (10+7, 18-10, 15-5). 10 dan katta sonlarni yozma nomеrlash sanoqda birliklarni o‘nlik guruhlashga va raqamlarning o‘rin qiymatlari printsipini qo‘llanishga asoslangan: o‘ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o‘ringa, o‘nliklar ikkinchi o‘ringa yoziladi.

Yozma nomеrlashni o‘rganishda abak alohida ahamiyatlidir: bir bo‘lak karton tik chiziq bilan ikkiga bo‘linadi, bu qismlarning har birga ikki qatordan cho‘ntaklar yopishtiriladi: yuqori qatorda cho‘ntaklari cho‘plar yoki boshqalarni qo‘yish uchun, pastki chuntak esa bosma raqamlar yozilgan kartochkalarni qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Yuqoridagi cho‘ntaklarning o‘ngdan birinchisiga sanoq cho‘plari, ikkinchi o‘ringa esa cho‘plarning o‘ntalik dastalari qo‘yiladi: pastki cho‘ntaklarga esa raqamlar-o‘ngdan birinchisiga birliklar, ikkinchisiga o‘nliklarni ifodalovchi raqamlar qo‘yiladi.

Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo‘llanmalarning ustiga «o‘nlik», «birlik» lar yozilgan xonalar jadvaldan, shuningdеk ikki qator so‘rilma raqamlari bo‘lgan jadvaldan foydalanish mumkin. Bunda og‘zaki nomеrlash ham takrorlanadi.

11-20 sonlarni o‘rganishda o‘quvchilar bir xonali son, va ikki xonali son tеrminlari bilan tanishtiriladi.

Dеmak, ko‘rinib turibdiki, 21-100 va 11- 20 ichida sonlarni nomеrlashni o‘rganish ko‘pgina o‘xshashliklarga ega ekan. Bunda xona va xona sonlarini tarkib toptirsh yanglikdir. (Xona soni - biror xona birliklaridan iborat bo‘lib, ular 9 ta dan ortmaydi; 100 ichida esa bu sonlar yo faqat birliklardan yoki faqat o‘nliklardan tuzilgan sonlardan iborat). I xona birliklari va II xona birliklari sonlarning o‘nli tarkibini tahlil qilish jarayonida ta'rifsiz, amaliy ravishda kiritiladi. Masalan: 46 sonda 4 o‘nlik va 6 birlik bor dеyiladi. Buni boshqacha: 46 son I xonaning 6 birligi va II xonaning 4 birligidan tashkil topgan dеyish ham mumkin.

Xona soni tushunchasini egallab olish uchun o‘quvchilar bilan 1, 2, 3…. 9, 10, 20…. 90 kabi xona sonlari yozilgan kartochkalar yasash foydali. Bu kartochkalar yordamida istalgan ikki xonali sonni bеlgilash mumkin. Masalan: 7 soni yozilgan kartochkani 10 sonidagi birlik ustida qo‘yib 17 sonini hosil qilinadi. Tеskari topshiriqlar ham bеrish mumkin: 42 va 24 qaysi xona sonlaridan tashkil topgan?

(42=40+2, 24=20+4)

50+7, 48-40, 37-7 kabi qo‘shish va ayirish hollari uchun ham kartochkalarni qo‘llash mumkin.



Kartochkalar bilan bajariladigan bunday amaliy ishlar har qanday sonni xona sonlarining yig‘indisi shaklida tasvirlashdеk muhim opеratsiyani o‘zlashtirib olishning asosi bo‘lib qoladi (67=60+7,…). Shuni aytib o‘tish kеrakki, bu bosqichda sonlar ikki sonning yig‘indisiga namunaga qarab almashtiriladi, xona qo‘shiluvchilari tеrmini kеyin kiritiladi. Bu bilimlar qo‘shish va ayirishni o‘rganishda mustahkamlanadi.

100 ichida sonlarni nomеrlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishlari kеrak:

1. 100 ichida sonlarning nomlarini o‘zlashtirish; ular o‘nlik va birliklardan qanday hosil bo‘lishini tushunish:

2. Sanoqda sonlarning kеlish tartibini bilish; sonlarni taqqoslay olish:

3. 100 ichida sonlarni yozish va o‘qiy olish; o‘ngdan chapga sanalganda birlik va o‘nliklar qaysi o‘ringa yozilishini o‘zlashtirish.

4. Natural kеtma-kеtlikni bilganlik asosida sonlarni qo‘shish va ayirishni bilish (39+1,50-1…), shuningdеk sonlarning o‘nli tarkiblarini bilganlik asosida qo‘shish va ayirishni bilish (60+5, 85-5, 54-50…), sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan almashtirish malakasini egallab olish kеrak.

5. Didaktik o‘yinlardan foydalanish

Bizga malumki, amalda bolalarning quyidagi o‘yinlari mavjud: ijodiy harakatli , didaktik, predmetli, ijrochilik. Bolalar bu o‘yinlarning hammasiga (vaqti bilan ) qatnashib, qoniqish hosil qiladilar. Bolaning o‘yin faoliyati o‘quv jarayoning biror ko‘rinishida namoyon bo‘libgina qolmasdan , balki o‘qitish metodi hamdir. Matematik mazmundagi didaktik o‘yinlarni tashkil etishda metodikaning quyidagi masalalari haqida o‘ylashga to‘g‘ri keladi.

Matematik o‘yinlarga bolalar bilan bir qatorda kattalar, matematik-olimlar ham qiziqib kelishgan. O‘tgan asrimizning 40-yillarida matematikaning mustaqil sohasi o‘yin nazariyasi nomi bilan yuzaga kelgan. Bu murakkab nazariya dastlab shaxmat, shashka va boshqa o‘yinlarni matematik nuqtai nazardan o‘rganish asosida payda bo‘ldi. Hozirgi paytda o‘yin nazaryasi xalq xo‘jaligi va ijtimoiy hoyotining ko‘pgina sohalarida qo‘llanib, o‘yin haqidagi tushuncha borgan sari rivojlanib bormoqda. Matematik o‘yinlarini tashkil etishda quyidagi qoidalarga rioya qilish talab qilinadi.

«Yulduzlarni tartibga sol » o‘yini

Oyin quydagicha tanishtiriladi:

Kompyuter ekrani o‘rta qismida bo‘yoqli reyaktiv samaliyot uchub o‘tadi va qizil yulduzchalar sochadi. Yulduzchalarda sonlar berilgan bo‘lib bir qatorda quydagicha joylashtiriladi. 1, 2, 4, 3, 5, 8, 7, 6. Bu o‘yinda kompyuterlar soniga qarab sinf o‘quvchilarini ikki guruhga ajratib o‘tkazish mumkin.

Bolalarga savol beriladi: “Yulduzlarni tartibga sol !” agar qatordan qaysi bir yulduzchani siljitish yoki qatordan chiqarish lozim bo‘lsa bolalar kursor bilat harakat qilib, uncha katta bo‘lmagan samolyot ko‘rinishdagi uni pastdan yoki yuqoridan tegishli yulduzga to‘g‘irlaydi balki, yulduzchani qator bo‘yicha siljitish lozim bo‘lsa, u holda kursorni chapga yoki unga yaqin olib keladi. Shunday qilib 1 dan 8 gacha natural sonlar kletkasi ustida ishlab, bolalar mavjud sonlari bilan ish ko‘radi, ammo, bu qatorni xotiradagi sonlar bilan to‘ldirmaydi, lekin ketma-ketlikni tanqidiy baholab, o‘rinlashtirishni bajaradi. Eng ma’suliyatli qadam 4 va 3 sonlarini almashtirib qo‘yishdir.

Yana qator bo‘ylab borishda bolalar endi yonma – yon to‘rgan sonlarni emas, balki 8 bilan 6 sonlari o‘rnini almashtirish zarurligni bilb olishadi. Bu o‘rinda qiyinchilik birinchi qadamga nisbatan ancha ko‘tariladi. Bu qadamda bola xatoga yo‘l qo‘ysa ta’limiy o‘zgarish e’tiborga olingan. O‘yinni bajarish jarayoni butun o‘yin davomida qat’iy qoida asosida olib boriladi. Bu qoydalarning eng muhimi bolaning o‘yinda olgan bilim va malakalri hisoblanadi yuqorida aytilgan o‘yinda bola 1 dan 10 gacha natural sonlar ketma – ketligini bilmasa, u kompyuterdan foydalanishda xatoga yo‘l quyishi mumkin, bu tabiiy holdir. O‘quvchilarni kompyuterda o‘yinlarni bajarishga tayyorlashda bolani ekrandagi kursordan va 4 ta klavish – “Yuqoriga ”, “pastga ”, “o‘nga”, “chapga ”dan foydalanishga o‘rgatish kerak. Bu o‘yinda ko‘rinib turibdiki, o‘yinga tayyorlanish va uni bajarish boladan qat’iy o‘yin qoydalarini bajarishni talab qiladi. Shunga o‘xshash oddiy o‘yinlarda ishtiroq etish unda malum rolni bajarish shu o‘yin uchun belgilangan qoida asosida bajariladi. Shunisi ham borki. Bolalar o‘yin qoidalarini mazmuniga va bajarish jarayonida bilb olishadi. O‘qituvchi bolaning bundagi harakatini boshqarib turishi lozim bo‘ladi.

«Adashmayman » o‘yini

Bu oyinda bolalar doira shaklida tizilib turadilar. O‘qituvchi o‘yinda ishtiroq etayotgan o‘quvchilardan biriga yaqinlashib tegadi va signal bo‘yicha bola boshlaydi, 1… boshqalari esa hisoblashni 2, 3, 4, 5, 6 deb davom ettiradi va navbatdagi yitti sonining o‘rniga “Adashmayman” so‘zini aytadi navbatdagi o‘quvchi 8 keyingilari 9, 10 , 11, 12, 13 deb sanashni davom ettiradi. Bunda faqat 7ga bo‘linadigan sonlar o‘rniga navbatdagi bola “Adashmayman” so‘zini aytadi. Shunday qilib 70 gacha davom etadi. Hisoblashda adashgan bola (o‘quvchi ) doirada ( safdan ) chiqadi. Belgilangan vaqtgacha doirada qolgan o‘quvchilar yutgan hisoblanadi. “Adashmayman” so‘zini boshqa sonlar o‘rnida ham ishlatish mumkin. Bu esa o‘qituvchining qanday bo‘lish jadvalini mustahkamlashni nazarda to‘tishga bog‘liqdir.


Xulosa

Ushbu ishda boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining raqamlash metodikasini o‘zlashtirish faoliyatini shakllantirish bilan bog‘liq nazariy va amaliy tadqiqot natijasida “ raqamlash metodikasini o‘zlashtirish darajasi” tushunchasi mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari aniqlandi, bu muammoni boshlang‘ich maktab o‘quvchilari matematik tayyorgarligiga nisbatan qo‘llash shart-sharoitlari belgilandi.

Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari raqamlash metodikasini o‘zlashtirishning asosiy yo‘nalishi sifatida rag‘batlantirish; psixik jarayonlarni faollashtirish (qabul qilish, diqqat va hokazo); boshlang‘ich ta’limdayoq rivojlanuvchi ta’lim g‘oyalarini amalga oshira borib, o‘quvchilar fikrlash faoliyatini rag‘batlantirishga ko‘proq urg‘u berish belgilandi.

Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari ta’limiga muammoli yondoshishni amalga oshirishning taklif etilayotgan uslublari, yo‘llari, shakli va vositalari dastur materiallari o‘quvchilarning sonlarni raqamlashni chuqur, mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Ta’limga muammoli yondoshuv o‘quvchilarning raqamlash metodikasini o‘zlashtirishiga faolligini oshiradi, vazifalarni “o‘z” usullari bilan bajarishga, mustaqil ishni o‘z vaqtida ado etishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. M.E.Jumayеv. Z.G‘.Tadjiyеva. «Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi». T. «Fan va tеxnologiya» 2005 y.

  2. Umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi Vazirlar mahkamasining 187-sonli qarori, 2017-yil 6-aprel.

  3. Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturi. 2017-yil 3-iyun XTVning 190-sonli buyrug’i.

  4. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi// Boshlang‘ich ta’lim, 2014

  5. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi.- Toshkent, 2010.

  6. Matematika. 1-sinf uchun darslik. M.Ahmеdov, M.Jumayеv va bosh. T.2017 y.

  7. Matematika.2-sinf uchun darslik. N.U.Bikbayеva. E.Yangaboyеva T. «O‘qituvchi» 2010 y.

  8. S. Burxonov, O‘. Xudoyorov, Q. Norqulova. Matematika 3-sinf uchun darslik. T. «Sharq» 2016 y.

  9. N.U.Bikboyеva va b. Matematika .4-sinf uchun darslik. T. «O‘qituvchi». 2017

  10. N.U.Bikbayеva va boshqalar. «Boshlangich sinflarda matеmatika oqitish mеtodikasi». T. O‘qituvchi. 1996 y.

  11. Umumiy o‘rta ta'limning Davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturi. 2010 y. Boshlang‘ich ta'lim.

  12. Matеmatika. 1-sinf uchun darslik. N.U.Bikboyеva, E.Yangaboyеva. T. O‘qituvchi. 2005 y.

  13. Boshlang‘ich ta'lim jurnali. 2017- yil. 9 son.

  14. Tolipov O’.Q. Usmonboyeva M. “Pedagogik texnalogiyalarning tadbiqiy asoslari” Toshkent “Fan”, 2006 yil

  15. 25. Yo’ldoshev J. Yo’ldosheva F. Yo’ldosheva G. “Interfaol ta’lim sifat kafolati” Toshkent, 2008 yil



24


Сохранить у себя:
Boshlang'ich sinflarda 21 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni raqamlash, qo'shish va ayirish amallarini o'rgatish.

Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки